«O`zbekiston havo yo`llari» yangi avlod samolyotlarini ekspluatasiya qilishga tayyorlamoqda

16:50, 29 aprel

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotlarini ekspluatasiya qilishga hozirlik ko`rmoqda.

Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning avgust oyida O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan ilk ikki layner etib keladi. 

Bugungi kunda eng zamonaviy hisoblangan Boeing-787 Dreamliner avialaynerlari bilan O`zbekiston Milliy aviakompaniyasi taraqqiyotida yangi davr boshlanadi. Bu buyuk shodiyonaga aviakompaniyaning barcha xodimlari qizg`in tayyorgarlik ko`rmoqda. Yangi avialaynerlar zamonaviy texnologik qurilmalari bilan Milliy aviakompaniyadagi mavjud avialaynerlardan farq qiladi.

Milliy aviakompaniyaning yozgi kompleksida Boing-787 dan iborat yangi yozgi guruh tashkil qilinmoqda. “Boing” va “A320” guruhlari uchun oliy toifali 18 nafar uchuvchi tanlab olingan.

“Dreamliner”ni boshqarishni o`rganish uchun ular Buyuk Britaniyaning Gatvik shahriga o`qishga yuborilgan. Uchuvchilarni tanlash vaqtida ularning nazariy, horijiy til bilimiga, kasbiy tajribasiga katta e`tibor berildi. Boeing-787 Dreamliner avialaynerlari uchun Milliy aviakompaniya shaxsiy ta`mirlash bazasini yaratdi. Hozirgi kunda katta angar qurilishi ishlari olib borilmoqda, aviakompaniyaning texnik xodimlardan iborat tarkibga Boeing-787 Dreamliner samolyotlarini ta`mirlash o`rgatilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!