Moskva yaqinidagi stadionlardan birida mumiyolangan erkak jasadi topildi

17:37, 29 aprel

Moskva yaqinidagi Korolev shaharchasidagi “Vimpel” nomli stadionning sharqiy tribunasini buzish paytida, erkak kishining mo`miyolangan jasadi topildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, erkak bundan to`rt oy ilgari vafot etgan. Noma`lum erkak jasadi sud-tibbiyot ekspertizasi o`tkazish uchun o`likxonaga yuborilgan. Jasadning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!