OAV: Xillari Klinton saylovda g`alaba qozonsa, uchinchi jahon urushi boshlanadi

17:39, 29 aprel

Mabodo Xillari Klinton AQSh prezidentligiga saylanadigan bo`lsa, bu uchinchi jahon urushi boshlanishiga sabab bo`ladi, dedi uning tarjimai holini yozayotgan muallif Diana Jonstoun. Jonstounning ma`lumot berishicha, Xillari Klinton AQSh bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritayotgan vaqtida ham tashqi siyosatni tajovuzkorona holda yuritgan, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri . 

U AQShning Iroqqa bostirib kirishini, Liviyadagi urushni, endi esa Suriya prezidenti Bashar Asadga nisbatan qarshiliklarni, Rossiyaga qarshi bo`lgan siyosiy qarashlarni qo`llab-quvvatlaydi. Jonstounning fikricha, dunyo bunday “faol faoliyat”dan xavfsirashi lozim. Xillari Klintonning saylovoldi va`dalari ham odamni xavotirga soladi. Sobiq bosh kotib dunyoni ikkiga “do`stlar” va “dushmanlar”ga bo`lishga, NATO faoliyatini kuchaytirishga qaratishni maqsad qilgan. Bunday nuqtai nazar uchinchi jahon urushi boshlanishiga sabab bo`lishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!