Toshkentda 100 dan ortiq mahalla nomi o`zgardi

22:53, 29 aprel

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 21 apreldagi qaroriga ko`ra, poytaxtdagi 104 mahalla va bir istirohat bog`i (Olmazor tumanidagi «Oymomo» bog`i endi «Nurafshon» deb yuritiladi) qayta nomlandi. Bu haqda «Daryo» nashri «Gazeta.uz»ga asoslanib xabar bermoqda.

Aksariyat mahallalarning nomi o`zgarishiga ulardan boshqa manzillarda ham foydalanilgani sabab bo`ldi. Jumladan, beshta «Do`stlik», to`rtta «Navro`z», shuncha «Guliston», uchta Alisher Navoiy va «Mustaqillik» mahallalari yangi nomga ega bo`ldi. O`zgarishlar 28 apreldan kuchga kirdi.

Nomi o`zgargan mahallalar ro`yxati bilan quyida tanishish mumkin.

(eski nomi — yangi nomi)

Bektemir tumani

Istiqbol — Iqbol

Mirzo Ulug`bek tumani

Ahmad Yassaviy — Buyuk ipak yo`li
Bobur — Gulsanam
Gulzor — Sultoniya
Guliston — Podshobog`
Navro`z— Minglola
Salor — Asaka
Umid — Bog`imaydon
Yangihayot — Chimyon
Yalang`ochota — Kamolot
Bo`z-2 — Bo`z
Oltintepa-10 — Oltintepa

Mirobod tumani

Do`stlik — Zaminobod
Istiqlol — Istiqlolobod
Matonat— Bayot
Mustaqillik — Yuksalish
Navbahor — Banokatiy
Olmazor — Ziyonur
Sharq yulduzi — Tong yulduzi
O`zbekiston — Farovon
Bahor — Inoqobod
Bog`ishamol — Lolazor

Olmazor tumani

Alisher Navoiy — Quyosh
Beruniy maydoni — Orzu
Bo`ston — Bo`stonobod
Do`stlik — Gulsaroy
Ismoil Shoshiy — Abu Bakr Shoshiy
Istiqlol — Hazrati Imom
Komiljon G`ofurov — Yangi Toshkent
Navbahor — Oltinsoy
Obod — Tepaguzar
Taxtapul — Yuqori Sebzor
Shodlik — Shodiyona
Shuhrat — Shon-shuhrat
Beshqo`rgon — Yuqori Beshqo`rg`on
Ahmad Yassaviy — Chamanbog`

Sirg`ali tumani

Alisher Navoiy — Jo`nariq
Amir Temur — Sohibqiron
Bahor — Daryobo`yi
Bobur — Ziynat
Guliston — Madadkor
Jomiy — Shukrona
Mustaqillik — Charog`on
Navro`z — Navqiron
Obod — Asrobod
Temiryo`lchi — Sofdil
Tinchlik — Ezgulik
Shukur Burhonov — Mehrigiyo
Yangihayot — Nurhayot
Oqibat— Saxovat
Obihayot — So`g`diyona
Polvonyor — Viqor
Hayotobod — Chorbog`

Uchtepa tumani

Al-Xorazmiy — Yangiyo`l
Qovunchi — Diydor

Chilonzor tumani

Bog`iston — Bog`zor
Do`stlik — Dilobod
Mavze-8 — Nafosat
Tinchlik — Xonto`pi
Hamza — Beshchinor
Olmazor — Katta Olmazor
No`g`oyqo`rg`on — Zarqo`rg`on

Shayxontohur tumani

Islomobod — Ko`kcha Darvoza
Novza — Charxnovza
Oqtepa — Katta Jarariq
Cho`ponota — Katta Oqtepa

Yunusobod tumani

Guliston — Tiklanish
Do`stlik — Qadrdon
Mingo`rik — Bo`zsuv
Navro`z — Billur
Nodirabegim — Yurtobod
Oybek — Muruvvat
Oqibat — Iftixor
Oqqo`rgon — Bog`ibo`ston
Tinchlik — Sevinch
Turon — Buyuk Turon
Umid — Xalqabog`
Chinor — Mingchinor
Choshtepa — Shoshtepa
Shodlik — Yo`layriq
Yangiobod — Yangibog`
Ittifoq — Beg`ubor

Yakkasaroy tumani

Turkiston — Bog`saroy
Usmon Nosir — Muhandislar
O`rikzor — Rakatboshi
Yakkasaroy-2 — Meros
Abdulla Avloniy — Belariq

Yashnobod tumani

Alisher Navoiy — Xosiyatli
Bahor — Dilbog`
Binokor — Uysozlar
Bobur — Barkamol
Guliston — Shohimardon
Do`stlik — Do`stobod
Qo`yliqota — Qo`yliqobod
Mirzo Ulug`bek — Alimkent
Muqimiy — Mumtoz
Mustaqillik — Semurg`
Mustaqillikning 10 yilligi — Tong
Navro`z — Navro`zobod
Taraqqiyot — Shirinobod
Umid — Ko`ksaroy
Usmon Nosir — Vatandosh
Yangiobod — Shohsanam
Harbiylar — Fidoyilar

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!