Nigora Karimboeva: “Xunuksan, sendan aktrisa chiqmaydi, deyishgandi”

10:17, 30 aprel

Aktrisa va teleboshlovchi Nigora Karimboeva kino va televidenie sohasidagi va ustoz sifatidagi faoliyati haqida “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida so`zlab berdi.

Aktrisa institutga qabul qilinishi bilan bog`liq ayrim qiyinchiliklarni quyidagicha xotirladi:

— O`sha paytda 16 yoshda edim. Juda qattiq xafa bo`lganimdan yig`lab yuborganman. Chunki, otam qarshilik qilganiga qaramay, onam bilan yashirincha borgan edim. Imtihonda o`tirgan hakamlardan biri “Senda aktrisalik qobiliyatini ko`rmadim”, deb yuzimga aytgan. To`g`rirog`i xunukkina ekansan”, degan. Juda yomon holatga tushganman o`sha payt. Onam kulguga olib, “Ranjima, yalmog`iz kampirlarni ham kimdir o`ynashi kerak”, deb ko`nglimni ko`targan. Buni qarangki, institut bo`yicha o`sha yili eng yuqori ball to`plab, davlat granti asosida o`qishga kirganman.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!