Yangi Zelandiyalik ayol kutubxonadan olgan kitobini 67 yildan so`ng qaytardi

10:31, 30 aprel

Yangi Zelandiyalik ayol Oklend shahri kutubxonasiga 1948 yilda olgan kitobini qaytarib berdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Bu A.V. Rid muallifligidagi “Maori davlatining mif va afsonalari” kitobi edi.

Kitobni qaytargan ayolning ism-sharifi aytilmayapti.

Kutubxona xodimasi Zoya Korniliusning aytishicha,pensioner kitobni bolaligida olib ketgan va bu vaqt ichida uni ko`p bora qaytarmoqchi bo`lgan edi.

“U kitobni o`tgan yillar ichida bajonidil o`qib chiqqanini aytdi”,—deydi Kornelius.

Kutubxona ma`muriyati keksa ayolni kechirdi va 17 ming dollar qarzidan voz kechdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!