Toshkentda ilk bor «Abadiy polk» aksiyasi bo`lib o`tadi

11:37, 30 aprel

Aksiya 9 may kuni kunning birinchi yarmida “Bratskie mogili” (“Birodarlik qabristoni”) yodgorlik majmuasida bo`lib o`tadi.

Shu kuni bu erga yig`ilganlar 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va halok bo`lganlarni xotirlashadi.

Aksiya o`tishi haqida RIA Novosti O`zbekistondagi loyiha koordinatori Gleb Voronovga asoslanib xabar berdi.

“Toshkent shahar hokimiyatidan “Abadiy polk” aksiyasini o`tkazishga ruhsat olindi, biz ma`lumotlar yig`ishga kirishdik”, — deydi Voronov.

Aksiya tashkilotchilari sifatida O`zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi  va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda O`zbekistonda 3 mingdan ortiq urush qatnashchilari va 70 mingga yaqin front ishchilari istiqomat qilishadi. Urushda O`zbekistondan 1,4 milliondan ortiq kishi qatnashgan, ulardan 400 ming nafari halok bo`lgan, 130 ming nafari dom-daraksiz yo`qolgan.

“Abadiy polk” aksiyasi 9 may kuni Rossiya va bir qator yaqin va uzoq horij mamlakatlarida bo`lib o`tadi. Aksiya ishtirokchilari kolonna bo`lib qo`llarida urushda qatnashgan yaqinlarining suratlarini olib o`tishadi. Aksiya 2012 yildan buyon o`tkazib kelinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!