Yuz yoshli britaniyalik ayol Vogue modeliga aylandi

12:12, 30 aprel

Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida ilk bora 100 yoshli model ayol Vogue jurnali uchun fotosessiya qildi. U Harvey Nichols reklama kompaniyasi suratga olgan kadrlarni o`zining Twitter'da e`lon qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Mashable nashrining xabar berishicha, model Bo Gilbert (Bo Gilbert) zamonaviy kiyimlar sotuvchi do`konning yuziga aylanadi. Fotossesiya uchun Bo Gilbert Valentino ko`zoynaklarini taqqan, Victoria Beckham, Dries Van Noten liboslarini, Celine poyabzalini kiygan va The Row taqinchoqlarini taqqan. Bu modelning ilk fotosessiyasidir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!