Krishtianu Ronaldu ikkinchi marta ota bo`ladi

19:37, 30 aprel

Portugaliya terma jamoasi va “Real”ning taniqli futbolchisi Krishtianu Ronaldu ikkinchi marta ota bo`ladi, deb yozadi “Vesti” nashri.

Futbolchining farzandini surrogat ona dunyoga keltiradi.

Ronalduning 6 yoshli o`g`li bor. U ham sun`iy urug`lantirish usuli bilan dunyoga kelgan. Dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri surrogat ona xizmatidan foydalanish uchun barcha kerakli hujjatlarni to`plab bo`lgan.  Futbolchi to`ng`ich o`g`lining onasini yashirgani kabi, ikkinchi farzandini kim dunyoga keltirganini oshkor etmoqchi emas.

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!