19 yoshli futbolchi avtohalokatda vafot etdi

09:59, 02 may

Germaniyaning “Gannover 96” jamoasi yarim himoyachisi, 19 yoshli Niklas Fayerabend avtohalokatga uchrab, olamdan ko`z yumdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma`lum qildi

“Niklasning oilasiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Ushbu ko`ngilsiz voqea barchamizning dilimizni vayron qildi. “Gannover” jamoasi, hamkorlari, futbolchi va xodimlari, muxlislar ushbu voqeadan shokka tushdi”, – deyiladi klub bayonotida. 

Niklas Fayerabend “Gannover 96” klubining 19 yoshgacha bo`lgan futbolchilar jamoasida to`p surardi. U 48 o`yinda 18 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!