Toshkent hayvonot bog`ida uch egizak ayiq bolalari dunyoga keldi

10:02, 02 may

Toshkent hayvonot bog`idagi oqoyoq (Tyan-shan) ayiqlar jufti — Pashka va Mashka birvarakayiga uch ayiqchali bo`ldi.

Bu haqda hayvonot bog`ining saytiga asoslanib, Uz24 xabar berdi

15 yoshli ayiqlar to`rtinchi bor bolali bo`lishi, bunga qadar ham ular ikki egizaklarni dunyoga keltirishgan.

Ayni paytda ayiq bolalari tashrif buyuruvchilar ko`rishi mumkin bo`lgan ochiq voler (hayvonlar uchun atrofi o`ralgan maxsus maydon)ga ko`chirilgan. Ular allaqachon to`rt oylik bo`lib ulgurgan. Shu bois ayiqchalar sutli bo`tqa, qirg`ichdan o`tkazilgan meva va sabzavotlar, shuningdek, katta yoshli yirtqichlar ozuqasi — go`shtning mayda to`g`ralgan holatdagisini tatib ko`rishga ulgurishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!