Yigitali Mamajonov farzandlarini tavallud ayyomlari bilan tabrikladi

10:11, 02 may

1 may kuni aktyor Yigitali Mamajonov hamda xonanda Rayhon egizak farzandlari Imron va Islomning tavallud ayyomlarini nishonlashdi.

Mazkur sana munosabati bilan aktyor farzandlariga o`zining Instagramdagi sahifasi orqali dil izhorini yubordi: 

“Tug`ilgan kun muborak bo`lsin o`g`illarim, meni polvonlarim! Albatta, hozir bu tabriklarimizni tushunish senlarga vaqtli, lekin Inshaallox katta bo`lib o`qiysanlar... Illohim tanu-jonlaring sog` bo`lsin hamisha, katta yigit bo`lib ota-onam deydigan, iymonli e`tiqodli, Qalbi pokiza, ibratli, halol inson bo`linglar☝️ Alloh o`zi panohida asrasin sizlarni.” 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!