Rayhon egizaklarining tug`ilgan kunini nishonladi(Foto)

10:30, 02 may

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva kecha, 1 may kuni egizaklari Islom va Imronning tug`ilgan kunlarini nishonladi. Tug`ilgan kunga xonandaning yaqinlari, do`stlari va ularning farzandlari  taklif etildi. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali farzandlarining tug`ilgan kuni suratlarini taqdim etdi.

 

“Mening asallarim, butun qalbim va vujudum bilan sevimli o`g`illarim! Sizlarni tug`ilgan kuningiz bilan tabriklayman! Sizni Ollohim asrasin va uzoq, baxtli hayot ato etsin! Siz mening baxtimsiz”, deb yozdi Rayhon o`g`illarini tabriklab.

      

Avvalroq, Rayhonning turmush o`rtog`i Yigitali Mamajonov o`zining Instagram`dagi sahifasi orqali farzandlarini tabriklagani haqida xabar berilgan edi.

   

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!