Lola Nyu-Yorkda jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etdi

10:49, 02 may

Xonanda Lola 30 aprel kuni Nyu York shtati Bruklin shaharchasidagi "Master" san`at saroyida o`zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Bu haqda “hozirchashu.com” xabar bermoqda

 

“Konsert dasturi kutilganidan ham a`lo darajada bo`lib o`tdi deya bemalol ayta olamiz. O`zbek shou-biznes olamida ijod qilayotgan yosh xonandalar orasida AQShda hali hech kim bu darajada muvafaqiyatli konsert namoyish etmagan va bu Lolaning o`z ijodiga nisbatan to`g`ri yondosha bilishi, mehnati va muxlislariga bo`lgan muhabbatining samarasi deyishimiz mumkin”,—deyiladi xabarda. 

Muxlislar Lolani sog`ingan va shu o`rinda Lola ham sahnani sog`ingani uning ijrosida sezilib turdi. To`la jonli tarzda bo`lib o`tgan mazkur konsert dasturida xonanda muxlislar bilan birga kuyladi. "Toshkent-Samarqand" taronasiga barcha muxlislar baralla, bir ovozda jo`r bo`lishdi. Eng sara taronalari joy olgan mazkur konsert dasturida xonandaning yangi, "Ya voda" deb nomlanuvchi taronasini ham aynan Nyu Yorkda o`z muxlislariga taqdim etildi. 

 

Shu bilan birga xonanda Lola, AQShda o`zbekistonlik fuqarolarning madaniy hordiq chiqarishlari va o`zbek estradasini dunyoga tanitishda qilgan mehnatlari uchun "Uzbek TVNY"ning maxsus faxriy yorlig`i bilan ham taqdirlandi. Konsert so`ngida xonanda tashkilotchilarga, "Khaymans Group" pochta jo`natmalari kompaniyasiga va tashrif buyurgan barcha muxlislarga o`z minnatdorchiligni izhor etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!