“Islom davlati”ga terrorchi niqobi ostida qo`shilgan fransiyalik jurnalist “Olloh askarlari” filmini yaratdi

13:29, 02 may

Fransiyalik jurnalist “Islom davlati” guruhining jihodchilarni tayyorlovchi guruhiga qo`shilib, uch mobaynida ularning Fransiyada amalga oshirishni rejalashtirgan teraktini yashirincha suratga oldi, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri.

U Said Ramzi taxallusi ostida yosh jihodchilarga ta`lim berish uchun asos solingan guruhda “Olloh askarlari” hujjatli filmini suratga olish ishlarini olib bordi. Bu film premerasi dushanba kuni bo`lib o`tadi. 

“Mening maqsadim terrorchilarning miyasida qanday o`y-xayollar borligini aniqlash edi. Dars jarayonida ularning hatti-harakatlarida islom dinida ko`rsatilgan harakatlarning birortasi yo`qligini ko`rdim, ularning vazifasi dunyoni yaxshilashga emas, balki yoshlarni o`z joniga qasd qilishga, yomonlikka undashdan iborat edi ”, – dedi jurnalist Franss Press agetligiga bergan intervyusida.

Ramzi terrorchilar guruhiga qo`shilish qiyinchilik tug`dirmaganligini, ijtimoiy tarmoq orqali guruhga a`zo bo`lganligini, shundan keyin ularning lageriga borganligini bildirdi. Kunlardan bir kun notanish ayol unga yo`l-yo`riq ko`rsatilgan xat olib kelib berganligini, xatda tunggi klubga qanday hujum uyushtirish mumkinligi haqida so`z yuritilganligi haqida gapirib berdi.

Terrorchilar rejalarini amalga oshirishga ulgurmay, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo`lga olindi va rejalari barbod bo`ldi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!