Sog`liqni saqlash vazirligi yagona ishonch telefonini ishga tushirdi

14:13, 02 may

O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi 1003 yagona ishonch telefonini ishga tushirdi. Bu haqda vazirlikning rasmiy sayti ma`lumot berdi. 

Kun-u tun faoliyat yuritadigan ishonch telefoniga ma`lumot olish yoki sog`liqni saqlash tizimidagi qonunbuzarlik holatlaridan boxabar etish uchun qo`ng`iroq qilish mumkin. Ishonch telefoni orqali murojaat etgan fuqaro ismi-sharifini aniq ko`rsatgan taqdirdagina unga ma`lumot beriladi. Sodir etilgan yoki sodir etilishi kutilayotgan qonunbuzarlik alomatlari sezilgan anonim murojaatlar esa huquq-tartibot organlariga yo`naltiriladi.  

1003 raqami avval Toshkent shahridagi Doctor Service klinikasiga tegishli edi, endilikda klinika dispetcher xizmatiga 1072 raqami yordamida ulanish mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!