AQShda marhum xonanda Prinsning hali ommaga havola etilmagan musiqiy yozuvlari saqlangan seyf ochildi

14:33, 02 may

Prinsning minglab ijod namunalari saqlanayotgani taxmin qilingan seyf musiqachining merosidan vaqtincha foydalanishga ruxsat olgan Bremer Trust kompaniyasi xodimlari tomonidan ochildi, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri.

39 ta albom chiqargan va turli musiqiy loyihalar muallifi bo`lgan Prins bergan intervyularining birida arxivida hali ommaga havola etilmagan ijod namunalari saqlanayotganligini, vaqti kelib ularni kimdir chiqarishiga umid qilayotganini aytib o`tgan edi. Ilgari OAVlar seyfda Prinsning ikki mingdan ortiq ijod namunalari saqlanayotgani haqida xabar bergan edi. Seyf ochilganiga qaramay, hali bu haqda aniq ma`lumotlar berilmagan.  

Prins vasiyatnoma qoldirmaganligi tufayli, audoyozuvlarning taqdiri uning meros masalasi hal bo`lgunga qadar noma`lumligicha qolmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!