Turkiyalik harbiylar Suriyada 30 dan ortiq ID jangarilarini yo`q qildi

15:05, 02 may

Turkiya armiyasi “Islom davlati” terrorchilik guruhining 34 nafar jangarilarini yo`q qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Terrorchilar Suriya hududidagi aviazarbalar va otishmalar oqibatida halok bo`lgan.

Turkiya armiyasining ma`lum qilishicha, harbiy operasiyalar 1 may, yakshanba kuni Suriya tomonidan Turkiyaning Kilis provinsiyasiga raketa otilishiga javoban amalga oshirilgan.

Harbiy zarbalar oqibatida IDning oltita transport vositasi va terrorchilarning oltita jangovor pozisiyasi yo`q qilingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!