Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida Beeline Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

15:12, 02 may

Beeline aloqa operatori Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida Wi-Fi xizmati ishga tushirilgani haqida xabar beradi. 

Endilikda Beeline abonentlari tezkor Internetning barcha imkoniyatlaridan soatiga $0,50 evaziga foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish chog`ida trafik cheklanmaydi. 

Beeline‘ning avvaldan to`lov tizimi abonentlari Wi-Fi orqali Internetga ulana oladilar. Mablag` bevosita balansdan echib olinadi. Wi-Fi‘dan foydalangan paytda balansdagi Megabaytlar sarflanmaydi. Tarmoq nomi – Beeline Wi-Fi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!