Londonda temiryo`l liniyasi qurilishiga xalal berayotgan tipratikanlarni qutqarishmoqchi

15:38, 02 may

Buyuk Britaniyaning London shahridan Birmingem shahriga olib boruvchi High Speed Two (HS2) tezyurar temiryo`l liniyasi qurilishi 11 tipratikandan iborat oilaning xalal qilganligi sababli qurilish ishlari to`xtatildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.  

11 ta yovvoyi tipratikan shahar markazidagi avtoturargohlardan birini makon qilganligi bois, hayvonlarni himoya qiluvchi tashkilot vaqtincha qurilish ishlarini to`xtatib qo`ydi. Royal parkidagi bunday noyob tipratikanlarni himoya qilish maqsadida London zoologiya jamiyati ekspertlari odamlarning imzolarini to`plashga kirishgan.

Xatga 827 kishi imzo chekkan. Mualliflar o`z maktubida tipratikanlarning hayoti busiz ham xavf ostidaligini, ular har lahzada mashhur parkka tashrif buyurgan avtomobil g`ildiraklari tagida qolib halok bo`lishlari mumkinligini aytib o`tishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!