Farruh Zokirov jiyani Nargiz Zokirovaning imijiga munosabatini bildirdi

15:49, 02 may

O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov jiyani Nargiz Zokirovaning imiji, unga nisbatan bildirilgan tanqidlarga o`z fikrini bildirdi, deb yozadi “Uz24.uz” “Shok.uz”ga asoslanib.

“Balki men eskicha qararman, lekin unga avvalo, Karim Zokirovning nabirasi ekanligingni esingdan chiqarma, degan gapni doimo aytaman. Baribir u keyingi, yosh avlod, uning dunyoqarashi, hayoti ham boshqacha, to`g`rimi? Men unga faqat mana shunday yurishing kerak, mana bunday libos kiyishing kerak, desam noto`g`ri bo`ladi. Tanqidlar bo`lgan bo`lsa, bu o`rinli, tabiiy. Lekin Nargizaning professional mahorati yuqori darajada. Buning hammasi unda bo`lgan noto`g`ri harakatlarning o`rnini bosadi ”,— deydi Farruh Zokirov.

Eslatib o`tamiz, xonanda Nargiz Zokirova 1971 yil Toshkentda tug`ilgan. U taniqli opera qo`shiqchisi, teatr va kino aktyori, O`zbekiston xalq  artisti Karim Zokirovning nabirasi, O`zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning jiyanidir. U 90-yillarda o`zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995 yilda esa AQShga ko`chib ketgan. 2013 yildan Rossiya sahnasida ko`rinish bera boshladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!