U-19 Osiyo chempionatiga qur`a tashlandi

16:10, 02 may

30 aprel kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida 19 yoshgacha bo`lgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoalar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Qur`a natijalariga ko`ra, O`zbekiston yoshlar terma jamoasi D guruhidan o`rin oldi. Guruhda Jasur Abduraimov boshchiligidagi jamoaga Xitoy, Avstraliya hamda Tojikiston yoshlar terma jamoalari qarshilik qiladi.

Qur`a natijasiga ko`ra barcha guruhlar quyidagicha ko`rinish oldi.

"A" guruhi: Bahrayn, Tailand, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.
"B" guruhi: KXDR, BAA, Iroq, Vetnam.
"C" guruhi: Qatar, Yaponiya, Yaman, Eron
"D" guruhi: O`zbekiston, Xitoy, Avstraliya, Tojikiston

Ta`kidlash kerakki, Bahrayndagi Osiyo chempionati 13-30 oktyabr kunlari bo`lib o`tadi. Qit`a birinchiligida yarim finalga chiqqan to`rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo`lib o`tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.

D guruhi taqvimi:
15 oktyabr: O`zbekiston – Tojikiston; Xitoy – Avstraliya
18 oktyabr: Tojikiston – Xitoy; Avstraliya – O`zbekiston
21 oktyabr: O`zbekiston – Xitoy, Avstraliya – Tojikiston

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!