Himolay tog`idan 17 yil muqaddam vafot etgan alpinistlarning jasadi topildi

16:30, 02 may

Himolay tog`idan bundan 17 yil ilgari qor ko`chkisi tagida qolgan alpinistlar Aleks Love va operator Devid Brijeslarning jasadi topildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Jasadlarni Shishabangmu cho`qqisiga chiqqan ikki alpinist topgan. Ular jasadlarni olib keta olmay, suratga tushirib, Aleksning bevasi Jennifer Love-Ankerga qo`ng`iroq qilgan. 

“Ularning bir-biriga yaqin yotganligi, ko`k-qizg`ish ryukzak, sariq alpinistlar botinkasi kiyganligi, aynan o`sha paytdagi alpinistlar xuddi shunday kiyinishganini tasdiqlaydi. Bundan tashqari ulardan boshqa hech kim o`sha cho`qqiga ko`tarilmagan”, deb izoh berdi Jennifer. 

Aleks Love dunyoning mashhur alpinistlaridan biri hisoblangan. Uning bardoshli ekanligi va kuchliligi uchun hazillashib unga “Engil oyoq” deb murojaat qilishgan. U 1999 yilda 40 yoshda, do`sti 29 yoshli operator-alpinist Devid Brijes bilan dunyoda balandligi bo`yicha 14 o`rinda turuvchi Shishabangmu cho`qqisini zabt etayotgan paytda halok bo`lgan. 

Jasadlarni topgan Konrad Anker ham o`sha paytda qor ko`chkisi tagida qolgan, ammo u tirik qolishga muvaffaq bo`lgan. U Aleksning bevasi Jenniferga uylangan va birgalikda 2001 yili Aleks Love nomidagi xayriya jamg`armasini tashkil etishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!