Johnson&Johnson saraton bilan xastalangan ayolga 55 million dollar tovon to`laydi

09:46, 03 may

Missuri shtati sudi Johnson&Johnson kompaniyasini saraton bilan xastalangan ayolga 55 million dollar to`lashga majbur qildi. Ayolning ma`lum qilishicha, u kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan gigienik vositalarni ishlatgani sababli saratonga chalingan. Bu haqda Reuters xabar beradi.

Uch hafta davom etgan sud ishidan so`ng maslahatchilar Gloriya Ristesand foydasiga qaror qabul qildi. Unga moddiy zararni qoplash uchun 55 million dollar tovon to`lanishi belgilandi.

Da`vogarning so`zlariga ko`ra, u bir necha o`n yillar mobaynida kompaniyaning Baby Powder va Shower to Shower Powder kukunlarini shaxsiy gigiena uchun ishlatib kelgan. Ayolda tuxumdon saratoni aniqlanib, uning bachadoni olib tashlandi.

Kompaniya sud qarori ustidan appelyasiya bermoqchi.

Bu Johnson & Johnson foydasiga hal bo`lmagan ikkinchi sud ishi. Fevral oyida kompaniyaning huddi shu kukunlarini ishlatib, saratondan vafot etgan ayolning oila a`zolariga 72 million dollar tovon puli undirilgandi.

Kompaniyaga qarshi bugungi kunga qadar 1200 ta da`vo arizalari topshirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!