“Sog`indim” klipi yuzasidan muxlislarning e`tirozlariga Lola va Yigitalining javobi

10:40, 03 may

Lolaning yangi “Sog`indim” klipi muxlislarning e`tirozlari va keng muhokamasiga (MANBA) sabab bo`lgani haqida xabar bergandik

Shu sababdan “Lola dugonasining turmush o`rtog`i bilan ehtirosli sahnalarda chiqishi shartmidi?”, “Nega aynan Yigitali?” kabi savollariga javob olish uchun “Darakchi” muxbiri Aliya Tulembaeva xonanda Lola Yo`ldosheva va aktyor Yigitali Mamajonov bilan bog`landi.

Lola Yo`ldosheva, xonanda: — Menimcha shaxsiy hayot va ishni bir-biriga aralashtirish to`g`ri emas. Agar muxlislar klipdagi voqealarni sinchkovlik bilan kuzatgan bo`lishsa, men bundan faqat xursand bo`laman, demak, biz vazifamizni uddalabmiz.  Bizning sohada akyotrlik muhim o`rin tutadi. Nega aynan Yigitali bilan hamkorlikda ijod qilganimizga kelsak, biz bir necha yil ilgari partnyorlikda klip ishlagan edik. Va Yigitali ilk muvaffaqiyatli rolini ham aynan mening qo`shig`imga ishlangan klipda ijro etgandi.   

Yigitali Mamajonov, aktyor: — Biz kasbimizdan kelib chiqqan holda rol ijro etdik xolos. Men aktyorman va berilgan vazifani bajarishim shart. Odamlarning gap-so`zlariga esa anchadan buyon ahamiyat bermay qo`yganman.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!