Minglab britaniyalik o`quvchilar norozilik namoyishini o`tkazishadi

10:50, 03 may

Minglab britaniyalik ota-onalar 10 may kuni farzandining maktabga bormasligiga ruxsat berdi. Bu bilan ular ta`lim tizimidagi ortiqcha talablardan noroziliklarini ifodalashni ko`zda tutishgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

"Let our kids be kids" (“Bolalarimizning bolaligini tortib olmang”) harakati faollari boshlang`ich sinflardagi o`quv dasturlarining bolalarga og`irlik qilayotganiga norozilik bildirishda. Ota-onalarning fikricha, bunga boshlang`ich sinflar uchun mo`ljalangan yangi ta`lim dasturi, SAT standart testlarining kiritilishi sabab bo`lgan.

Testlar dastur kabi yangi bo`lib, u bolalar ilgari echgan testlardan murakkabligi bilan farq qiladi. Harakat faollarining fikricha, bu narsa bolani ruhan ezib qo`yadi, testdan o`tolmagan bola o`zini omadsiz, bilimsiz, qo`lidan hech nima kelmaydigan odam deb hisoblaydi.

Ota-onalar assosiasiyasi tomondan maorif vaziri Niki Morganga yozilgan maktubda ular stadartlashtirilgan testlardan voz kechishni talab qilishgan. 

SAT (Scholastic Assessment Test, “maktab baholash testi”) 1901 yildan beri o`tkazib kelinadi. Hozirgi kunda uni College Board nomli Amerika tashkiloti yaratadi. Imtihonlar uch qismdan iborat bo`lib, 3 soat-u, 45 daqiqa davom etadi. Test natijalari asosida grammatika, matematika va o`quvchining testni tahlil qilish kabi bilimlari baholanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!