Mag`lubiyat alamidagi “Tottenxem” futbolchilari “Chelsi” murabbiyini yiqitishdi (video)

11:31, 03 may

Angliya chempionati 36-turida “Tottenxem” jamoasi safarda “Chelsi” mehmoni bo`ldi. 2:0 hisobida oldinda borayotgan “Tottenxem” yakunda 2:2 hisobida durang o`ynadi va Angliya chempionligi uchun kurashni yakunladi. 

Uchrashuvdan so`ng, “Tottenxem” futbolchilari “Chelsi” bosh murabbiyi Gus Xiddinkni chimga yiqitishdi. Bu holat muxlislar orasida noroziliklar keltirib chiqardi. 

Eslatib o`tamiz, mazkur uchrashuv natijasiga ko`ra, “Lester” Angliya chempioni nomiga sazovor bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!