Toshkentdagi Turin Politexnika universitetining qabul kvotasi oshirildi

11:48, 03 may

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining 2016/2017 o`quv yili uchun qabul kvotasi oshirildi. Bu haqda “O`zavtosanoat” AK axborot xizmati xabar beradi.

2016 yilda Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bakalavriat bosqichiga 100 nafar ko`p talaba qabul qiladi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 apreldagi qaroriga asosan tasdiqlangan qabul kvotasi 350 tagacha oshirildi. Magistratura bosqichiga esa 25 kishi qabul qilinadi.

Qabul kvotasini oshirish to`g`risida qaror qabul qilinishi mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektoridagi korxonalar, xususan, avtomobilsozlik, energetika, axborot texnologiyalari sohasida oliy ma`lumotli mutaxassislarga bo`lgan talab yildan yilga o`sib borayotganligi bilan bog`liqdir.

"Mashinasozlik texnologiyasi" mutaxassisligiga 200 nafar, "Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari" yo`nalishi bo`yicha 100 nafar, "Energetika" va "Sanoat - fuqarolik qurilishi va arxitektura" mutaxassisliklari bo`yicha esa 25 nafardan talabalar qabul qilinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!