4 may kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

12:09, 03 may

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 12-14, kunduzi 24-26 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17,  kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 15-20, kunduzi 24-29 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 10-15, kunduzi 19-24 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg`ir yog`adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 3-8,  kunduzi 13-18 daraja issiq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!