“Baron-2”da aktyorlar jamoasi yangilanadi

14:15, 03 may

Rejissyor Rustam Sa`diev “Baron-2” filmini suratga olish ishlariga tayyorgarlik boshlab yuborgani haqida xabar bergandik.

Kinoning ikkinchi qismida aktyorlar jamoasi yangilanadi. Filmning birinchi qismidagi aksariyat aktyorlarni voqealar davomida uchratmaysiz. “Voqealar davomidan kelib chiqqan holda “Baron-2”da Ulug`bek Qodirovning rol ijro etishi rejaga kiritilmagan. U birinchi filmda o`z ishini bajarib bo`lgan”, deydi Rustam Sa`diev “Darakchi” jurnalisti Aliya Sulaymanovaga. 

Aktyorlar jamoasi kengayib unda Rossiya kinosan`atining eng ko`zga ko`ringan mashhur aktyorlari va Evropaning mahoratli ijodkorlari bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan. Rollar taqsimoti ssenariy to`liq tayyor bo`lgach, amalga oshiriladi.

Ko`pchilikni qiziqtirayotgan voqealar rivoji to`xtagan joyidan davom etadi. Bitta jinoyatni fosh etgan bosh qahramon Izzat (Farhod Mahmudov), ikkinchi topshiriqni bajarish bo`yicha ishga kirishadi. 

“Baron” filmi katta ekranlarga chiqqach uning seriali ham televidinieda namoyish etilishi ma`lum qilingan edi. Ayni kunlarda bu jarayonning tashkiliy ishlari boshlanib, “Baron” seriali 2016 yilning ikkinchi yarimida televidenieda namoyish etilishini ma`lum qildi. 

Ayni kunlarda “Baron” filmining endi suratga olinadigan qismi “qaroqchilar” qo`liga tushib qolmasligi uchun, bozor rahbariyati va ma`muriyati bilan uchrashuvlar o`tkazilib, qat`iy chora-tadbirlar ko`rish rejalashtirilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!