Fransiya fuqarosi zerikarli ishi uchun ish beruvchini sudga berdi

14:26, 03 may

Fransiyalik Frederik Deznard sobiq ish beruvchini vazifaning engilligi, ishning zerikarli ekanligi uchun sudga berib, 360 ming evro tovon puli to`lashni talab qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Erkakning aytishicha, rahbariyat undan ish talab qilmagan, u bekorchilikdan zerikib ketgan. Deznard yirik Interparfum nomli parfyumeriya kompaniyasida xizmat qilgan. Ish beruvchi unga to`rt yil mobaynida o`ta zerikarli vazifalarni topshirganligi tufayli  o`zini keraksiz inson deb his qilgan. Rahbariyatning aybi bilan amal pillapoyalaridan ko`tarila olmagan, kasbiy tajribasi oshmagan. Shuning uchun ular tovon puli to`lashga majbur deb hisoblagan.

Erkakning ta`kidlashicha, bir xil va zerikarli ish uning salomatligiga ham salbiy ta`sir ko`rsatgan, oshqozor yarasi, epilepsiya kasalligiga chalingan, uyqusi buzilib, depressiyaga yo`liqqan. Deznard o`zining mehnat faoliyatini “makkorona jahannamga qulash” deb atagan. Zerikarli mehnat faoliyati haqidagi da`vo mehnat masalalarini hal etuvchi sudda ko`rib chiqiladi. Deznardning advokati ish beruvchini o`z xodimini o`lar darajada charchatib, dam olish kunlari uchun maosh to`lamaganlikda ayblamoqda. Bu Fransiya sudi tarixida ilk marotaba ish kamligidan shikoyat qilib, da`vo arizasi yozilishidir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!