Luis Enrike “Barselona”dan ketmaslikka qaror qildi

14:52, 03 may

“Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike shartnomasi yakuniga qadar kataloniyaliklarni tark etmasligini ma`lum qildi

Luis Enrike “Barselona”ning EChLdagi muvaffaqiyatsizlikka uchrashini kutmagan va bundan afsusga tushgan edi. Ammo bu holat uning klubdan ketishiga sabab bo`la olmaydi. 

“Barselona” Ispaniya chempionatida g`olib bo`lish hamda mamlakat Kubogini qo`lga kiritish imokniyatini saqlab qolgan. 

Eslatib o`tamiz, Luis Enrikening kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar mo`ljallangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!