45 yoshdan oshgan yulduzlardan chiroyli qomat sirlari

15:00, 03 may

Dunyo yulduzlari boylik, atrofini o`rab turgan muhit sababli chiroyli qad-qomatga ega bo`ladi degan fikr miyamizga o`rnashib qolgan. “Lady.mail.ru” nashri ularning bunday go`zallikka qanday erishganliklari siri bilan tanishib, siz bilan o`rtoqlashishga qaror qildi. Yulduzlardan ilhomlanib, siz ham chiroyli qad-qomatga ega bo`ling!

Valeriya, 47 yosh xonanda

Valeriya “Ledi Mail.Ru” nashriga bergan intervyusida uning go`zallik siri oddiyligini, hammasi uning tinib-tinchimasligida, serharakatliligida, sport bilan shug`ullanishida ekanligini aytib o`tgan edi. Bundan tashqari u sog`lom turmush tarzini kechiradi, ichmaydi, chekmaydi. Uning fikricha, egan, ichganimiz nafaqat qaddi-qomatimizga balki kuch-quvvatimizga ham katta ta`sir ko`rsatadi.  

 

Jennifer Lopes, 47 yosh aktrisa va xonanda

Dunyoning eng go`zal ayollari safiga kiritilgan Jennifer Lopesni ozg`in deb bo`lmaydi. Ammo u go`zalligini, qad-qomatini saqlash uchun ko`p kuch va vaqt sarflaydi. Jennifer haftasiga 3-4 marotaba 2 soatdan lotinamerikacha raqs bilan shug`ullanadi, kuniga 5 km masofaga yuguradi, turli massajlar oladi. U ham alkogol ichmaydi, tamaki chekmaydi. Ko`proq ko`katlar va sabzavot mahsulotlarini iste`mol qiladi. Tig`iz ish tartibi xalaqit qilsa ham, sutkasiga iloji boricha, 10 soat uxlashga harakat qiladi. 

 

Ekaterina Andreeva, 54 yosh, teleboshlovchi

“Vremya” ko`rsatuvi boshlovchisi Ekaterina Andreeva o`zining go`zalligi va yoshligini saqlab qolganligi bilan hammani hayratga solib kelmoqda. Andreevaning aytishicha, buning hech ajablanadigan joyi yo`q. U uxlashga erta yotadi, deyarli har kuni jismoniy mashqlarni bajaradi, asabiylashmaslikka harakat qiladi. Ertalab uyqudan uyg`onganda albatta limon yoki tibetning maxsus dorivor o`tlari qo`shilgan suv ichadi. Andreevaning kun tartibidan — tayszisyuan, yoga, pilates, fitnes, jismoniy mashqlar o`rin olgan. Uning aytishicha, yangi his-tuyg`ularni boshdan kechirishni yoqtiradi, hasad nimaligini bilmaydi. Shularning bari go`zalligini saqlashga asos bo`la oladi.  

 

Kristi Brinkli, 62 yosh, model

62 yoshli model Kristi Brinkli yoshiga nisbatan ikki barobar yosh ko`rinadi. Bu erda hamma narsa nafaqat genetika va kosmetologiyaga emas, balki ayolning go`zal qad-qomatini saqlash uchun tinmay harakat qilishiga bog`liqdir. Kristi “Yoshga bog`liq bo`lmagan go`zallik” nomli kitob yozib, o`quvchilarni abadiy yoshlik resepti bilan tanishtirdi. U o`zining go`zalligini saqlab qolishiga, 13 yoshdan beri vegetarian (go`sht emaslik) ekanligi sababligini aytadi. Kristi nonushtaga suli yormasi, yogurt va turli meva-chevalarni iste`mol qiladi. Tushlikka esa loviya va yong`oq, kechki ovqatga esa sabzavotlarni tanovul qiladi. U hech qachon shakar iste`mol qilmaydi. Bundan tashqari Kristi sport bilan muntazam shug`ullanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!