Sergey Lazarev “Evrovidenie” tanloviga tayyorlanish jarayonida yiqildi

15:30, 03 may

Stokgolmda “Evrovidenie” musiqiy tanlovi ishtirokchilari tayyorlanish jarayonlarini boshlab yuborishdi. Ular Ericsson Globe sahnasida qo`shiq kuylashadi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Rossiyalik xonanda Sergey Lazarev tanlovning yarim finalida to`qqizinchi bo`lib ishtirok etadi va “You are the only one” qo`shig`ini ijro etadi. Uning qo`shiq ijro etish jarayonida maxsus effektlarning ko`pligi, katta ekran tufayli surilma zinapoyalardan foydalanilayotgan edi. Ilk tayyorgarlik jarayoni ko`ngilsizlikdan boshlandi, Sergey Lazarev yiqilib tushdi. Xonandaning so`zlariga ko`ra, bu yiqilish uning kelajakdagi ishtirokiga hech qanday ta`sir qilmaydi. Sergey Lazarev yiqilganiga qaramay, tayyorgarlikni davom ettirdi va birinchi o`rinni olish fikridan voz kechmaganligini ham bildirdi.  

Stokgolmdagi tayyorgarlik jarayonining birinchi kuni sahnaga Finlyandiya, Gresiya, Moldaviya, Vengriya, Xorvatiya, Niderlandiya, Armaniston va San-Marinolik xonandalar ko`tarildi. Sergeya Lazarev eng oxirida, qo`shig`i bilan tayyorgarlik jarayonini yakunladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!