Turkiya evropaliklar uchun vizani bekor qildi

16:31, 03 may

Turkiyaning hukumat nashri Evroittifoq fuqarolari uchun viza tartibi bekor qilinganini ma`lum qildi. Resmi Gazete nashrining yozishicha, ushbu qaror mamlakat Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan. Mazkur qaror EIning ham Turkiya fuqarolariga nisbatan huddi shunday qarori qabul qilinishi bilan kuchga kiradi.

Avvalroq Evroittifoq, Turkiya bilan vizasiz tartibni Bryussel va Anqara o`rtasidagi qochoqlar bo`yicha kelishuv doirasida amalga kiritishga kelishgandi. BBC xabar berishicha, EI rahbarlari 4 maydan vizalarni bekor qilish tartibini ma`qullashlari mumkin.

18 mart kuni ikki tomon Gresiyaga tashrif buyurgan nolegallarni Turkiyaga qaytarishga kelishib olishgandi, deb yozadi RIA Novosti.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!