Sirg`ali mashina bozorida Matiz 15 millionga sotildi

16:40, 03 may

Sirg`ali mashina bozori bu yakshanba ham odamlar bilan gavjum bo`ldi. Bozorda milliy avtomobillarimiz narxi ularning ishlab chiqarilgan yili, texnik holati va rangiga qarab o`zgarib turibdi

Ishlab chiqarilgan yili 2012-13 yillargacha bo`lgan milliy avtomobillarimizda yana narxlar tushgani kuzatildi. 

Carzone nashrining kuzatuvi jarayonida ushbu avtomobillar quyidagi narxlarda harid qilingan

COBALT III (ishlab chiqarilgan yili – 2014 y, yurgan masofasi – 32 500 km) – 8 100 sh.b.,

LACETTI I (ishlab chiqarilgan yili – 2008 y, yurgan masofasi –42 000 km) – 8 500 sh.b.,

LACETTI III (ishlab chiqarilgan yili – 2013 y, yurgan masofasi – 33 000 km) – 10 000 sh.b.,

SPARK III (ishlab chiqarilgan yili – 2013 y, yurgan masofasi – 65 000 km) – 5 500 sh.b.,

SPARK II (ishlab chiqarilgan yili – 2010 y, yurgan masofasi – 229 000 km) – 4 400 sh.b.,

NEXIA COHC (ishlab chiqarilgan yili – 2006 y, yurgan masofasi – 230 000 km) – 4 600 sh.b.,

MATIZ (ishlab chiqarilgan yili – 2009 y, yurgan masofasi – 177 000 km) – 2 300 sh.b.,ga xarid qilindi.

Bundan tashqari 2015 yilda ishlab chiqarilgan yangi CAPTIVA III  – 25 000 sh.b., 2013 yilda ishlab chiqarilgan 70 000 km masofa bosib o`tgan ushbu rusumdagi avtomobil– 20 000 sh.b., 2013 yilda ishlab chiqarilgan MALIBU II – 43 000 km – 13 500 sh.b., NEXIA – 5000 sh.b., SOBALT – 7000 hamda Spark avtomobillarini esa 5000 sh.b. sotuvga qo`yilgani kuzatilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!