«UZPAYNET»ga nisbatan ish qo`zg`atildi

17:12, 03 may

O`zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasi tomonidan «UZPAYNET» MChJ QK operatorlarga qo`llaniladigan tariflari o`rganib chiqildi.

O`rganishlar natijasi shuni ko`rsatdiki, «UZPAYNET» tomonidan tariflarni qo`llashda barcha operatorlarning huquqlari birday ko`rilmagan.

Ma`lum bo`lishicha, «UZPAYNET» mobil aloqa, shahar telefonlari va kommunal xizmatlari uchun to`lovlar qabul qilganlik uchun to`lov summasidan agentga 4,5% haq to`lagan. Internet va boshqa xizmatlar uchun esa to`lov summasidan 4,5 dan 15% gacha haq to`lagan.

Mazkur holat bo`yicha Qo`mita tomonidan «UZPAYNET» MChJ QK nisbatan “Raqobat to`g`risida”gi Qonunning 10-moddasiga asosan ish qo`zg`atilgan hamda ogohlantirish berilgan.

Talablardan kelib chiqib «UZPAYNET» aholidan to`lovlarni qabul qilish bo`yicha tariflarni ko`rib chiqdi hamda kommunal xizmatlari agentlariga (gaz, elektroenergiya, ichimlik suvi, issitish tizimi va h.k.z) 2% miqdorda imtiyozli tarif belgiladi (shundan 1% agentga va 1% bosh agentga) hamda 4,5% miqdorda yagona tarif boshqa operatorlarga (mobil aloqa, internet, telefoniya va h.z) belgiladi (shundan 2,5% agentgan va 2% bosh agentga).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!