“Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g`oliblari aniqlandi

22:07, 03 may

«Turkiston» saroyida 3 may kuni Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g`olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. 

Tanlov televidenie, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yo`nalishlari bo`yicha o`tkaziladi. Unda bitta Bosh milliy mukofot, har bir yo`nalish bo`yicha uchtadan mukofot hamda “Eng yaxshi matbuot xizmati” va “Eng yaxshi fotoreportaj uchun” rag`batlantiruvchi nominasiyalar ta`sis etilgan. 

“Oltin qalam” tanlovida o`tgan yillar davomida 5 mingga yaqin jurnalist 70 mingga yaqin ijodiy materiali bilan qatnashgan. Bu yilgi tanlovda 510 ijodkor 8 ming 500 ga yaqin materialni taqdim etgan. 

«Toshkent teleradiokanali» DUK ijodiy jamoasi «Oltin qalam» XI Milliy mukofoti uchun o`tkazilgan xalqaro tanlovda Bosh milliy mukofotga loyiq topildi. G`olib maxsus diplom, “Oltin qalam” ko`krak nishoni, statuetkasi va mamlakatimizda belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

“Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda Bosh milliy mukofot sohibi, televidenie, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet-jurnalistika yo`nalishlari bo`yicha g`oliblar, shuningdek, “Eng yaxshi matbuot xizmati”, “Eng yaxshi fotoreportaj uchun” rag`batlantiruvchi mukofotlar sohiblari aniqlandi. 

Tanlov doirasida O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi, Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi, Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi rag`batlantiruvchi mukofotlarini ta`sis etgan. Shuningdek, BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi Axborot markazi, YuNESKO, YuSAID, “Mintaqaviy muloqot” (Sloveniya), Germaniya Xalq universitetlari assosiasiyasi kabi qator xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari ham “Oltin qalam” tanlovida o`z mukofoti bilan qatnashdi. 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!