Berlin: mashhur attraksion fojiaga sabab bo`lishiga bir bahya qoldi (video)

10:23, 04 may

Berlinda esgan kuchli shamol oqibatida havo sharini osmondan tushirish qiyin bo`ldi. Natijada havo sharida bo`lgan 20 kishi, shu jumladan bolalar ham 150 metr balandlikda qolib ketdi, deya xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Yo`riqchi havo sharidagilarga tezda savat poliga yotishga buyruq berdi. Qo`rquvni hisobga olmaganda, hech kim tan jarohati olmadi. Polisiya bunday noqulay ob-havo sharoitida nima uchun havo shari uchirilganini aniqlashga kirishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!