«O`zbekiston havo yo`llari» Tehronga ilk yuk tashish parvozini amalga oshirdi

10:36, 04 may

Kuni kecha «O`zbekiston havo yo`llari» MAK «Navoiy» aeroportidan Tehronning Imom-Xomeyni aeroportiga ilk yuk tashish reysini amalga oshirdi.

Mazkur reys O`zbekiston va Eron o`rtasidagi ushbu sohadagi munosabatlarga ilk tamal toshini qo`ydi. Mazkur reys orqali Eronga 35,5 tonna yuk yuborildi.

Eron poytaxtiga amalga oshiriladigan doimiy reyslar ikki davlat o`rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishiga xizmat qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!