Boylik va omad chaqirishning 21 usuli

10:43, 04 may

Minglab odamlar maoshdan maoshgacha, amal-taqal qilib kun kechirishadi. Moliyachi Tom Korli boy va kambag`al odamlarning hayotini, turmush tarzini kuzatdi. U o`zining “Kundalik omad: badavlat odamlarning odatlari” nomli kitobida boy va kambag`al odam o`rtasidagi tavofutni ko`rsatib bergan va omadli, badavlat inson bo`lishning sirlari bilan o`rtoqlashgan. “Lifehacker.ru” nashri sizni bu sirlar bilan tanishtiradi.

1. Foydali odatlarni kundalik hayotingizga tatbiq eting

Foydali odatlar — boylik to`plashning asosidir. Shu orqaligina badavlat inson omadsizdan farq qiladi, omadsiz odamni yomon odatlar boshqaradi. Boy bo`lishingizga nima xalaqit qilayotgani haqida o`ylab ko`rdingizmi? Buni anglashning o`zi ham o`zgarishlar uchun ilk qadam hisoblanadi.

Tom Korli o`z kitobidan bir varaq qog`oz olib, uni ikki qismga bo`ladi. Chap tomoniga yomon odatlarni, o`ng tomoniga esa ulardan qanday qutulish, barataraf etish haqida yozadi. Masalan:

Yomon bola (qiz) Yaxshi bola (qiz)

Ko`p vaqtimni televizor ko`rishga sarflayman    Televizor ko`rishni kuniga bir soatga qisqartirman  

Odamlarning ismini eslay olmayman  Xotiramni mashq qildiraman

Kuniga internet orqali bo`lar-bo`lmas narsalarni sotib olaman  Kartamga limit o`rnatib, “bu buyumning nima keragi bor?” deb o`zimga savol beraman.

O`ng tarafda ko`rsatilgan har bir bandning ijrosini ta`minlash uchun 30 kuningizni sarflang, 21 kun o`tar-o`tmas, hayotingiz o`zgarganini his qilasiz. 

2. Doimo oldingizga maqsad qo`ying

Omadli odamlarni maqsad, doimo oldinda zabt etilmagan cho`qqilar ularni o`ziga chorlab turadi. Ular har bir kunini mayda-chuyda tafsilotigacha rejalashtirib olishadi. Agar muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, bir haftalik, bir oylik, yillik rejalaringizni tuzib oling. Uz harkatlaringiz va beharakatligingiz ustidan mas`uliyatni o`z bo`yningizga oling.

3. Asosiy sabablarni aniqlab oling

Nima uchun boy bo`lishni istayotganingizning asosiy sababini aniqlab olsangiz, unga etishishingiz osonlashadi.

4. Boshlagan ishni oxiriga etkazing

“Bugungi ishni ertaga qo`yma”, degan maqol bekorga aytilmagan. “Qo`limdan kelmasa-chi?”, “Axir buni bajarish mushkul” degan qo`rquvlarni unuting. Vazifa qanchalik qiyin va zerikarli bo`lishidan qat`i nazar, “hammasini bugun bajarishim lozim” degan iborani shioringizga aylantiring.

5. Talab qilingandan ortig`ini bajaring

Berilgan topshiriqni qo`l uchida bajarib, undan tezroq qutulishga harakat qilish omadsizlarning tutgan yo`lidir. Ishda qolib ketishingizga to`g`ri kelsa ham, berilgan topshiriqni ortig`i bilan bajarishga harakat qiling. Agar o`z kasbingizni sevadigan bo`lsangiz, bu sizga qiyinchilik tug`dirmaydi. 

6. Tanish-bilishlar safini kengaytiring

Omadli odamlar o`ta ketgan xudbin odamlar emas, chunki bunday odamlar boshqalarni ham nazardan qochirmaydi. Ularning ba`zilari ataylab, do`st-yorlari bilan uchrashuvga vaqt ajratishadi, tanish-bilishlar safini kengaytirishadi.

7. Kamroq gapirib, ko`proq quloq soling

“Bekorga eshitish uchun ikkita quloq, gapirish uchun bitta og`iz berilmagan” deyishadi. Qancha quloq solsangiz, shuncha ko`p narsani o`rganasiz, odamlarning har so`ziga diqqat bilan quloq solishni o`rganing.

8. Hammaslak odam toping

“Sen menga do`stingni ko`rsat, men senga kimligingni aytaman”, degan gap bekorga aytilmagan. Iloji boricha ishi yurishgan, rejalaringiz, hayotiy qarashlaringiz mos keladigan omadli odamlar bilan do`st tutinishga harakat qiling. U har qanday sharoitda sizni ham ma`naviy, ham moddiy tomondan qo`llab-quvvatlaydi.

9. Ustoz toping

Hamma narsani kitobdan o`rganishning iloji yo`q. Shuning uchun hayotda ishi yurishgan har bir odamning o`z ustozi, murabbiysi bor. U har doim ustozlari bilan maslahatlashib ish ko`radi. Tajribasi bor odamning maslahatlari sizga juda qo`l kelishi mumkin.

10. Tejashni o`rganing

Korlining yozishicha, omadli odamlar daromadining 20 dan 10 foizini o`zlariga tikadilar. Bu tejashning eng mashhur usullaridan biridir.

11. Aql bilan sarflang

Boy boy emas, topgan-tutganini aql bilan sarflaydigan odam boy hisoblanadi. Inson ba`zan imkoniyat doirasini hisobga olmay, ortiqcha sarf-xarajat qilib qo`yadi. Agar quruq maosh hisobiga yashayotgan bo`lsangiz, qimmatbaho avtomobil sotib olishingiz shartmi?

12. O`z ustingizda tinimsiz ishlang

Omadli odamlar o`z ustida tinimsiz mehnat qilishadi, ko`p o`qishadi, o`rganishadi, maqsad sari eltmaydigan narsalarga vaqt sarflashmaydi. Dunyoqarashingiz qanchalik keng bo`lsa, maqsadingizga erishish imkoniyati ham shunchalik kengayadi.

13. Har kuni mutolaa qiling

Kuniga kamiga 30 daqiqa mutolaa qiling. Qancha ko`p o`qisangiz, shuncha ko`p bilimga ega bo`lasiz, bilmili odam esa ko`p narsalarga erishadi.

14. Doimo malakangizni oshirib boring

Rivojlanish, taraqqiyot — o`z ishingizning ustasi bo`lishingizga yordam beradi. Kutilgan muvaffaqiyatga erishgunga qadar, kuniga kasbiy tajribangizni oshirib, bilim doirangizni kengaytirib boring. 

15. “Raqamli dam olish”ni tashkil qiling

Gadjetlar, media, ijtimoiy tarmoqlar — butun hayotimizni egallab olgan. Ba`zida bularning barini o`chirib qo`yib (to`g`ri ma`noda) “raqamli dam olish” ni tashkil eting. Bu kunni sayr qilishga, kino ko`rishga, yaqin odamingizga bag`ishlang.

16. Sog`lig`ingizga e`tiborli bo`ling

Badavlat va omadli odamlar sport bilan shug`ullanib, to`g`ri ovqatlanishadi. Sog`lom turmush tarzini kechirish ular uchun ertalab dush qabul qilishday zaruriy odat tusiga kirgan. Sog`lom odamgina mehnat qilib, pul topishi mumkin.

17. Hamma narsaning chegarasini biling

Ishning, ovqatlanishning, jismoniy faollikning va hamma narsaning chegarasini biling. Bunday odamlar amal pillapoyasidan tezlikda ko`tarilishadi.

18. Optimist bo`ling.

“Optimistlar er sharini aylantirishadi, pessimistlar esa ularning yonida turib, “Er nimaga aylaniyapti?” deb so`rashadi”, degan iborani unutmang. Optimistlar qiyin vaziyatda ham undan chiqish yo`llarini ko`ra olishadi. Koinotda axborot maydoni negativ energiya bilan ifloslanib ketgan. Turli axborotlar orasidan o`zingizga eng keraklisini tanlay biling.

19. Fikrlaringizni boshqaring

O`z fikr-o`ylarini, his-tuyg`ularini boshqarish sehrgarlarning emas, omadli odamlarning qismatidir. Agar qalbingizda qo`rquv va ikkilanishdek negativ his-tuyg`u hukmron bo`lsa, albatta ishingiz yurishmaydi. Miyangizdan barcha yomon fikrlarni haydab, faqat yaxshilik haqida o`ylang.

20. Qo`rquvingizni enging

Qo`rquv hissi har bir insonga xos, tanish tuyg`udir. Faqat omadsiz odamgina qo`rquvning hukmronlik qilishiga yo`l qo`yadi. Omadli odam esa xavotirni o`ziga bo`ysundiradi. Muvaffaqiyatga erishishingizda halaqit qilayotgan qo`rquvlarni qog`ozga tushiring va ularni qanday engish mumkinligi haqida o`ylab ko`ring.

21. Tushkunlikka tushmang

Maqsadga erishish yo`lida to`siqlar uchrashi tabiiy hol. Har qanday sharoitda ham tushkunlikka tushib, ortga qaytmang. Ortga qaytishingizga uzrli 20 ta sabab bo`lgan taqdirda ham maqsadga erishmaguncha to`xtamang, qiyinchiliklardan qo`rqmang.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!