IX Innovasion g`oyalar yarmarkasida 600 innovasion g`oya hamda ishlanmalar taqdim etiladi

10:43, 04 may

11 may kuni Toshkentda IX Innovasion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi ish boshlaydi. 

Mazkur hujjatlarga muvofiq, mamlakatimizda 9 yildan buyon an`anaviy o`tkazib kelinayotgan Innovasion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi innovasion taraqqiyotni jadallashtirishdek muhim vazifani hal etish yo`lida sanoatchilar, olim va tadbirkorlar sa`y-harakatlarini integrasiyalashtirishga xizmat qilmoqda. Buning samarasida o`tgan I-VIII yarmarkalar doirasida mamlakatimizda yaratilgan 3,9 mingdan ziyod ishlanma taqdim etilib, umumiy qiymati 112,6 milliard so`mlik 3,1 mingdan ortiq shartnoma imzolandi. 

IX Innovasion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida 600 innovasion g`oya hamda ishlanmalar taqdim etiladi. 

Joriy yilda an`anaviy yo`nalishlardan tashqari, mamlakatimiz ilmiy tashkilotlari va universitetlar tomonidan ishlab chiqilgan, atrof-muhitni muhofaza qilish, qayta tiklashni ta`minlaydigan 50 dan ortiq innovasion texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish uslublarini o`z ichiga olgan yangi “Ekotexnologiya” yo`nalishi namoyish etiladi. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari uchun tashkil etiladigan “Yuqori texnologiyalar” yo`nalishida qariyb 30 ilg`or innovasion ishlanma taqdim etiladi. Energiya va resurs tejaydigan 50 ishlanma namoyish qilinadigan “Energiya va resurs tejaydigan texnologiyalar” yo`nalishi ham sanoat korxonalari, tadbirkorlar va kichik biznes vakillarida katta qiziqish uyg`otadi. Bundan tashqari, navbatdagi yarmarkada yosh olimlar va talabalarning 70 ishlanmasi ishtirokchilar e`tiboriga havola etiladi. 

Muxtasar aytganda, IX Innovasion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi fundamental va amaliy ilm-fanning yanada integrasiyalashuvi, innovasion faoliyat va ishlab chiqarishni rivojlantirish imkonini beradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!