Olimlar bolaga nima uchun baqirmaslik kerakligini aniqlashdi

11:17, 04 may

Agar doimiy ravishda bolaga baqirilsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, bu esa uning jismoniy holatiga ta`sir qiladi va hatto semirishga olib kelishi mumkin. Bunday xulosaga Ayovalik olimlar kelishdi. Tadqiqot natijalari to`g`risida Fox News yozadi.

"Tarbiya jarayonidagi qo`pollik salomatlikda jiddiy jismoniy muammolarni keltirib chiqaradi", — deydi tadqiqot muallifi Tomas Shofild.

Iowa Youth and Families Project guruhi o`tkazgan tadqiqotda 12 yoshli 451 nafar o`smir va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Olimlar bolalar 20 yoshga etgunga qadar bir necha yillar davomida oiladagi muhitni kuzatishdi. 

Har bir ota-onaga qo`pollik reytingi bo`yicha baho berildi, unda jismoniy agressiya, ta`qiqlar, nimadir amalga oshirishga zo`rlash, xudbinlik yoki bolaga ovoz ko`tarish kuzatilgan. Tajriba yakunlariga ko`ra bolalarning jismoniy ahvoli o`rganildi.

Shofildning ta`kidlanishicha, tarbiyadagi shafqatsizlik bola uchun surunkali stress muhitini yaratadi, buning asoratlari esa bola katta bo`lganida ham namoyon bo`lishi mumkin. Bunday tarbiya bolaning rivojlanayotgan miyasiga ta`sir qilishi mumkin. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, boshqa salbiy oqibatlari bilan birga gormonal o`zgarishlar, shamollashlar hamda yurak qon tomir faolligi susayishi kuzatilishi mumkin.

"Bizdan talab etiladigan eng yaxshi narsa bu ota-onalarni o`ta qattiqo`llikdan qaytarish. Agar biz to`laqonli sog`lom farzand ulg`ayishini istasak, buning eng to`g`ri yo`li, — shafqatsizlik va qahr ko`rsatishdan qochishdir", — deydi Shofild.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!