“Lester” chempionligi Ranerini boy qildi

14:16, 04 may

Xabaringiz bor, Angliya chempionati 36-turida “Chelsi” o`z maydonida “Tottenxem” bilan 2:2 hisobida durang o`ynadi va buning natijasiga “Lester” muddatidan avval Angliya chempioni bo`ldi

The Telegraph nashrining xabar qilishicha, italiyalik mutaxassis “Lester”ni chempion qilganligi uchun 5 mln funt sterling mukofot puli bilan taqdirlandi. 

2015 yilda Raneri “tulkilar” bilan uch yillik shartnomaga imzo qo`ygandi. Kelishuvga ko`ra murabbiy jamoani APL chempioni qilsa, 5 mln funt sterling olishi belgilangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!