Ravshan Ermatov OFK seminarida ishtirok etadi

14:20, 04 may

2016 yilning 12 – 16 iyun kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida JCh–2018 turniriga saralashining uchinchi bosqichida ishlaydigan hakamlar uchun Osiyo Futbol Konfederasiyasi seminari bo`lib o`tadi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda

Ushbu seminarga o`zbekistonlik uch nafar hakam – Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko hamda Ilgiz Tantashav taklif qilingan. Ular seminarlarda ishtirok etgach, saralashning so`nggi bosqichi o`yinlarida ish olib borish imkoniyatiga ega bo`lishadi.

Ta`kidlash kerakki, O`zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 saralashining so`nggi bosqichiga yo`l olgan va qur`a natijalariga ko`ra Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Xitoy hamda Suriya bilan bir guruhga joylashdi.

Ushbu bosqichdagi dastlabki uchrashuvni O`zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi o`tkazadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!