Eddi Merfi to`qqizinchi marotaba ota bo`ldi

14:29, 04 may

Amerikalik aktyor Eddi Merfi to`qqizinchi marotaba ota bo`ldi. Bu haqda People jurnalining rasmiy vakili ma`lumot berdi, deb xabar beradi “Lenta.ru” nashri. 

Ceshanba, 3 may kuni kuni Los-Anjelesda aktyorning oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Qizchani Izzi Una Merfi (Izzy Oona Murphy) deb atashdi, uning og`irligi 3,6 kilogrammni, bo`yi — 49,5 santimetr.

Izzi — Merfining Peyj Butcher bilan ilk farzandi hisoblanadi. Ona-bola o`zini yaxshi his qilmoqda.

55 yoshli aktyorning Nikol Mitchelldan besh nafar farzandi, bundan tashqari ma`shuqalari Polett Makknili va Tamara Gudlardan bir nafardan o`g`li, xonanda Melani Braundan qizi bor. Merfining to`ng`ich farzandi 26 yoshga kirgan bo`lsa, Izzini hisobga olmaganda, kenjasi 9 yoshga kirgan. 

Eddi Merfi “Beverli-Xillzlik polisiyachi”, “Doktor Dulittl”, “Tentak professor”, “Oltin bola”, “O`rin almashish” kabi filmlari orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!