AQSh: Detroytdagi maktab o`quvchilari o`qituvchisiz qolishdi (Video)

15:38, 04 may

O`qituvchilarining yalpi ish tashlashi AQShning Detroyt shtatida joylashgan maktablarning yopilishiga sabab bo`ldi, oqibatda o`n minglab maktab o`qituvchilari darsdan qolishdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

O`qituvchilar maorif sohasidagi kamchiliklar — byudjetda pulning ozligi, kam maosh to`lanayotgani, binolarning ta`mirga muhtojligi, sinfda o`quvchilar sonining ko`pligi tufayli norozilik namoyishi o`tkazib, ish tashlashgan.

2 may, o`tgan dushanba kuni 97 ta maktabdan 94 tasi, seshanba kuni esa qolgan maktablar yopilgan. Oqibatda 50 ming o`quvchi darsdan qolgan. Detroyt joylashgan Michigan shtatining qonunlariga ko`ra, o`qituvchilarga ish kunida namoyish o`tkazishi taqiqlanganligi tufayli ular qonun buzilishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida rasman kasallik varaqasi ochdirib, namoyishda qatnashishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!