Sochiga parvozni amalga oshirayotgan qizlar bortda kuylagani uchun jarimaga tortildi

15:51, 04 may

Moskvadan Sochi shahriga uchayotgan qizlar samolyot bortida qo`shiq kuylaganliklari uchun ming rubldan jarimaga tortildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Samoda jamoat tartibi buzilganligi haqida Erga havo kemasi komandiri xabar bergan. Kursk va Orenburglik, 24 yoshli qizlarni samolyot trapi oldida polisiyaning patrul-post xizmati xodimlari kutib olgan. 

Tibbiy tekshiruv qizlarning spirtli ichimlik ichmaganligini tasdiqladi. Huquqbuzarlar yuqoridan dengiz chiroyli ko`ringani uchun to`lqinlanib, qo`shiq kuylashganini aytishdi. Mashhur qo`shiq orqali ular his-tuyg`ularini ifodalamoqchi bo`lishgan, ammo qo`shiq nomi hozircha ma`lum qilinmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!