Obameyyang Madridni Barselonadan ko`proq yaxshi ko`rishini aytdi

16:47, 04 may

Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyyang boshqa klubga o`tishi mumkinligiga sha`ma qildi

"Ispaniyada to`p surishni orzu qilaman va buni hech qachon yashirmaganman. Biroq voqealar qanday rivoj olishini oldindan aytish qiyin. Ayni damda "Borussiya"ning o`yinlariga bor e`tiborimni qaratganman. Futbolda kutilmagan narsa va qarorlar bo`lishi  mumkin. Amaldagi shartnomam 2020 yilgacha mo`ljallangan. Shu o`rinda, Madridni Barselonadan ko`proq yaxshi ko`rishimni aytib qo`ymoqchiman. "Real" esa "Atletiko"dan kattaroq" - dedi gabonlik futbolchi. 

Joriy mavsumda Obameyang Bundesliganing 29 o`yinida maydonga tushib, 25 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan. Uning xizmatlariga bir qator Evropa grandlari qiziqish bildirmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!