“Lester” hujumchisi o`z hayoti haqida kitob yozdi

16:48, 04 may

“Lester Siti” klubi  hujumchisi Jeymi Vardi uning jamoasi muddatidan avval Angliya chempioni bo`lganidan so`ng o`z hayoti haqida kitob sotuvga chiqishini ma`lum qildi

Kitobda Vardining havaskor futbol ligasidan Angliya chempionligiga etib kelganligi, boshidan o`tkazgan voqealari haqida so`z boradi. 

Vardining kitobi joriy yilning 20 oktyabrida sotuvga chiqishi rejalashtirilgan. 

Qayd etish joiz, 29 yoshli hujumchi futbol jurnalistlari tomonidan 2015/16 yilgi mavsumning Angliyadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!